platina.uz
Tahlil

Allaqachon oʻqish manzillariga kelgan talabalarning turar-joy masalasi nima boʻladi?

Allaqachon oʻqish manzillariga kelgan talabalarning turar-joy masalasi nima boʻladi?
Joriy yilgi qishki taʼtil uzaytirilishi haqidagi xabardan soʻng koʻpchilik ota-onalar va talabalarni bir savol oʻylantirib qoldi: 9 yanvargacha chipta olib allaqachon oʻqish manzillariga yetib kelgan talabalarning turar-joy, yotoqxona masalasi nima boʻladi? Platina.uz ushbu savol bilan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga murojaat qildi. Vazirlik matbuot xizmati talabalar turar-joyi masalasi bilan bogʻliq choralar koʻrilayotganligini hamda tez fursatlarda rasmiy maʼlumot berilishini maʼlum qildi.
— Talabalar turar-joyida yashovchi talabalarning uzaytirilgan taʼtil sabab 18 yanvargacha boʻlgan toʻlov miqdori qayta hisob-kitob qilinadi. Mustaqil oʻqib imtihonlarga tayyorlanish uchun poytaxtga qaytgan talabalar uchun ham yotoqxonada yashashga sharoit yaratib beriladi. Talabalar turar-joyi rasman oʻqish boshlanishidan oldin ochiladi, — dedi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati.
Eslatib oʻtamiz: yurtimizdagi havo haroratining keskin pasayishi tufayli taʼlim tashkilotlarida mavsumiy gripp kasalligining keskin koʻpayishining oldini olish maqsadida barcha taʼlim muassasalarida 2023 yilning 10 yanvaridan boshlab qishki taʼtil muddati 18 yanvarga qadar uzaytirilgan. 9 yanvargacha xarid qilingan avia va temir yoʻl chiptalari bepul tarzda tegishli muddatga almashtirib beriladi .
© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid