platina.uz

AQSh shifokorlari "TeraFlu"ni sotuvdan olib tashlashga chaqirmoqda

Jamiyat
23-dekabr 2022 yil
AQSh shifokorlari  "TeraFlu"ni sotuvdan olib tashlashga chaqirmoqda
AQShda shifokorlar "TeraFlu" va boshqa dori vositalari samarasizligi sababli bozordan olib tashlanishini talab qilishdi. Bu haqda "The Wall Street Journal" (WSJ) jurnaliga tayanib xabar tarqatilmoqda. Xususan, "Benadryl", "Mucinex" va "Tyleno" tarkibida burun bitishidan xalos boʻlish uchun ishlatiladigan xavfsiz fenilefrin moddasi mavjud. Dori-darmonlar shifokorning retseptisiz sotuvda mavjud, ammo ulardan foydalanish bemorlarning ahvolini yaxshilamaydi. Bu oʻtkazilgan toʻrtta tadqiqotda qayd etilgan. Florida universiteti olimlari 2015 yilda FDAga fenilefrinni retsepsiz sotiladigan dorilar roʻyxatidan olib tashlash uchun petitsiya bilan murojaat qilishgan. 2016 yilda soʻrov koʻrib chiqayotganligi eʼlon qilingan va unga aniq javob berilmagan. Bu "toʻliq oʻrganish va tahlil qilishni" talab etilishini aytish bilan kifolanilgan. Shimoliy Karolina universiteti professori Stefani Ferreri FDA "zarar xavfi pastligi sababli" olimlar bilan uchrashmoqchi emasligini aytgan. Eslatib oʻtamiz, ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahridagi dorixonalardan xarid qilingan “Dok-1 Maks” tabletka va sirop dori vositalarini qabul qilish oqibatida oxirgi ikki oyda 20 ga yaqin bemorlardan shikoyat tushgani, 17 nafar bolaning ahvoli oʻta ogʻir boʻlib, ularning 15 nafarida oʻlim holati kuzatilgani maʼlum qilingan edi.
Shundan soʻng SSV «Dok-1 Maks» tabletka va sirop dori vositalarining savdosi Oʻzbekistonda 22 dekabrdan vaqtincha toʻxtatilgani haqida xabar berdi.
© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+