“Andijon turmasi” shahar chetiga koʻchiriladi
Turma oʻrnida zamonaviy koʻngilochar savdo va servis markazi barpo etiladi.

Prezident Andijon shahri boʻyicha muhim bir tashabbusni aytdi. Shahar markazida “Andijon turmasi” nomi bilan tanilgan 3-son tergov hibsxonasi joylashgan. 100 yil oldin qurilgan bunday “sovuq” binoning markazda boʻlishi notoʻgʻri ekani qayd etildi.
Shu bois bu obʼekt shahar chekkasiga koʻchirilishi, oʻrnida zamonaviy koʻngilochar savdo va servis markazi barpo etilishi belgilandi.
Andijon shahrini viloyatning 8 ta hududi bilan bogʻlovchi jamoat transporti mavjud emasligi oqibatida kuniga 80 ming aholi viloyat markaziga 20 mingga yaqin yengil transportda kelishga majbur.
Tigʻiz paytda Andijon shahridagi tirbandlik 7-8 ballga chiqib ketmoqda. Vaholanki, 1 ta kichik avtobus kuniga kamida 400 nafar aholiga xizmat koʻrsatib, 25 ta yengil mashinani oʻrnini bosadi.
Mutasaddilarga tadbirkorlar bilan uchrashib, yangi marshrutlar va viloyat sharoitiga mos avtobus rusumlarini aniqlab, taklif berish topshirildi.
Avval Andijon viloyatiga 1 trln soʻm berilishi maʼlum boʻlgandi.