
Ukrainadagi urushda mingdan ortiq oʻzbekistonlik halok boʻlgani maʼlum qilindi
Rossiya safida jang qilgan 93 davlatdan qariyb 7 ming xorijlik halok boʻlgan. Ularning 4091 nafari (58,9 foizi) Markaziy Osiyo hissasiga toʻgʻri keladi.

Rossiya safida jang qilgan 93 davlatdan qariyb 7 ming xorijlik halok boʻlgan. Ularning 4091 nafari (58,9 foizi) Markaziy Osiyo hissasiga toʻgʻri keladi.

Tramp, Si Szinpin va Putinning Shenchjendagi sammiti yangi jahon tartibotimi, geosiyosiy savdolashuvmi yoxud tarixiy xatolarning takrorlanishimi? Mazkur uchrashuvni ayrim siyosatshunoslar va xalqaro OAV allaqachon "Yalta–2", yaʼni yangi jahon tartibotining shakllanishiga asos solishi mumkin boʻlgan tarixiy anjuman sifatida talqin qilmoqda.

U bu haqda Floridadagi saylovoldi yigʻinida gapirdi va Eronni kelishuvga chaqirdi.

Xerson viloyatidagi Oleshki shaharchasida gumanitar yordam yetkazib berish va tinch aholini evakuatsiya qilish uchun sulh eʼlon qilinmoqda. Bitimga AQSh vositachilik qilgan.

Isroilning Gʻazoga qarshi uch yildan beri davom etayotgan urushi hududni tanib boʻlmas darajada oʻzgartirdi. Gʻazo Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga koʻra, 74 245 nafardan ortiq falastinlik halok boʻlgan, qariyb 200 ming bola esa umuman taʼlim olish imkoniyatidan mahrum. Urush iqtisodiyot, taʼlim, sogʻliqni saqlash, infratuzilma va asosiy xizmatlarni izdan chiqardi. Natijada falastinliklarning yashash, ishlash, taʼlim olish va tirik qolish sharoitlari tubdan oʻzgardi.

Bugun xalqaro tizim bir vaqtning oʻzida bir necha bosimga duch kelgan: Ukrainadagi urush davom etmoqda, Yaqin Sharqda xavfsizlik inqirozi chuqurlashgan, Gʻazo va Falastin masalasi global diplomatiyani turli oqimlarga boʻlib turibdi, Eron atrofidagi keskinlik energetika va transport xavfsizligiga taʼsir koʻrsatyapti, sunʼiy intellekt esa texnologik raqobatdan xalqaro xavfsizlik masalasiga aylangan. Ayni paytda esa BMTning oʻzi moliyaviy tanqislik, institutsional samaradorlik va vakolatlarining amaliy taʼsiri borasida jiddiy sinovdan oʻtmoqda.

22 avgust kuni kechasi Ukraina dronlarining Samara viloyati Chapayevsk shahridagi Ozon logistika majmuasiga bergan zarbasi Rossiya–Ukraina urushida yangi bosqich shakllanayotganini koʻrsatdi. Gap endi faqat anʼanaviy harbiy obʼektlarni nishonga olish haqida bormaydi. Rossiya hududida tovarlar, butlovchi qismlar, yoqilgʻi va turli jihozlarning harakatini taʼminlaydigan infratuzilma ham tobora koʻproq hujumlar obʼektiga aylanmoqda.

14 avgust kuni The Guardian Rossiyada armiyani kadrlar bilan toʻldirish tizimida jiddiy muammolar yuzaga kelgani haqida xabar berdi: yangi shartnomachilar oqimi frontdagi ulkan yoʻqotishlarni avvalgidek osonlik bilan qoplash imkonini bermayapti. Hukumat moliyaviy ragʻbatlarni oshirishga va bir vaqtning oʻzida harbiy xizmatga jalb etish mumkin boʻlgan yangi toifadagi odamlarni izlashga majbur boʻlgan.

Tarixchilar atom bombalarining qoʻllanilishi harbiy jihatdan zarur boʻlganmi yoki boshqa yoʻllar mavjud edimi, degan masalada turlicha fikr bildirib kelmoqda. Biroq bir haqiqatni hech kim inkor eta olmaydi: Xirosima va Nagasaki insoniyatga yadro qurolining haqiqiy halokatli kuchini koʻrsatdi va urush haqidagi tasavvurlarni butunlay oʻzgartirib yubordi.

Bu toʻliq koʻlamli urush emas, balki gibrid ssenariylarni oʻz ichiga oladi. Ehtimoliy harakatlar NATO mamlakatlariga kiberhujumlar, maxsus operatsiyalar, cheklangan harbiy amaliyotlar bilan cheklanishi mumkin.

Toʻqayev oʻz nutqida Yevropa va AQShdan Rossiya—Ukraina urushi boʻyicha koʻplab murojaatlar va fikrlar kelib tushayotganini aytdi. Shundan soʻng uchrashuvning eng muhim jumlalaridan biri yangradi: uning taʼkidlashicha, bugungi urushning sabablari "koʻpchilik uchun unchalik tushunarli emas".

Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi Eronshahr va Bempurda eronlik askarlarning oʻlimi uchun qasos olish maqsadida Suriyaning Homs viloyatidagi Al-Tanf yaqinidagi AQSh maxsus operatsiyalar qoʻmondonlik punktiga hujum qilganini maʼlum qildi.