
Tranzit yoʻnalishdagi temir yoʻl uchastkalariga 200 mln dollar yoʻnaltiriladi
Prezident huzuridagi taqdimotda Maktaaral – Sirdaryo, Angren – Pop, Toshgʻuzor – Boysun – Qumqoʻrgʻon, Toshkent – Samarqand va Toʻqimachi – Angren yoʻnalishlarini modernizatsiya qilish choralari koʻrib chiqildi. Yuk vagonlari parkini yangilash, mazkur jarayonga xususiy sektorni keng jalb qilish takliflari ham muhokama qilindi.










