
BMTning 81-sessiyasi: ishonch inqirozi, kuchlar muvozanati va yangi izlanishlar
Bugun xalqaro tizim bir vaqtning oʻzida bir necha bosimga duch kelgan: Ukrainadagi urush davom etmoqda, Yaqin Sharqda xavfsizlik inqirozi chuqurlashgan, Gʻazo va Falastin masalasi global diplomatiyani turli oqimlarga boʻlib turibdi, Eron atrofidagi keskinlik energetika va transport xavfsizligiga taʼsir koʻrsatyapti, sunʼiy intellekt esa texnologik raqobatdan xalqaro xavfsizlik masalasiga aylangan. Ayni paytda esa BMTning oʻzi moliyaviy tanqislik, institutsional samaradorlik va vakolatlarining amaliy taʼsiri borasida jiddiy sinovdan oʻtmoqda.







