
Prezident kelgusi yilda poytaxtga 10 milliard dollar investitsiya jalb qilishni topshirdi
Bundan tashqari 150-200 mingta yuqori daromadli doimiy ish oʻrni yaratish boʻyicha aniq reja ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi.

Bundan tashqari 150-200 mingta yuqori daromadli doimiy ish oʻrni yaratish boʻyicha aniq reja ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi.

Hokimlar kambagʻallik masalasiga faqat ijtimoiy reyestr nuqtai nazaridan qaramasligi zarurligi qayd etildi. Xususiy sektor imkoniyatlaridan samarali foydalanishga ham eʼtibor qaratildi. Oqoltin tumanida tadbirkor tomonidan 880 oʻrinli xususiy maktab tashkil etilib, ehtiyojmand oilalarning 110 nafar farzandi bepul oʻqitilayotgani ijobiy misol sifatida keltirildi.

Ayrim tumanlarda amalga oshirilayotgan loyihalarda kambagʻal oilalar ishtiroki 15 foizga ham yetmayapti. Qoraoʻzak, Marhamat, Mirishkor, Nurobod va Termiz tumanlari misolida bu boradagi sustkashliklar koʻrsatib oʻtildi.

Olimlarning sport boʻyicha ilmiy ishlari xalqaro musobaqalarda medal olib kelsa, ularga 100 million soʻmdan mukofot beriladi.

Toshkent shahrining 15 ta maktabida toʻgaraklar "nomiga" tashkil qilingan. Jizzax, Qashqadaryo, Fargʻonadagi maktab oʻquvchilarining toʻrtdan biri jismoniy tayyorgarlik boʻyicha minimal talabni bajara olmagan.

Bu holat Buxoro, Karmana, Uchquduq, Sardoba, Xovos, Boʻstonliq tumanlari, Angren, Gʻozgʻon shaharlarida kuzatilgan.

Bundan tashqari 181 ming oila kambagʻallikdan chiqariladi, kambagʻallikdan xoli mahallalar sonini 2,5 barobar oshiriladi.

Endilikda elchilar faoliyat yuritayotgan davlatdan eksport tushumlari, turistlar oqimi, qonuniy ish joylariga fuqarolarni yuborish ular uchun KPI boʻlishi belgilandi.

"Qatʼiy ogohlantiraman – mahallaga tushib, odamlarimiz va tadbirkorlar muammosini hal qilmagan rahbar ishlamaydi. Hamma oʻzgarishi kerak", dedi prezident.

Yil boshidan nogironligi borlar Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Sirdaryo va Surxondaryoda 10 foizga koʻpaydi. Bu koʻrsatkich 20 ta tumanda 12 foizdan yuqoridir.

Barcha ekologiya boshqarmalari boshliqlariga esa sinov muddati tayinlandi.

Unga avvalo “Saxovat va koʻmak”, “Ayollar”, “Yoshlar” daftarlari jamgʻarmalari oʻtkaziladi.