
Jamiyat
Milliy taomlarni targʻib qilishga qaratilgan "Plov Festivali" boshlandi
28 sentabrdan 18 oktabrgacha davom etadigan festival doirasida Oʻzbekistonning turli hududlariga xos yetti xil palov bir dasturga jamlangan. Festivalning asosiy maqsadi milliy taomlarimizni keng targʻib qilish, hududiy gastronomik anʼanalarni ommalashtirish va gastronomik turizmga qiziqishni oshirish sanaladi.