
Energetika sohasining 2050 yilgacha boʻlgan Milliy bosh rejasi ishlab chiqiladi
Kelgusi yil 1 martgacha tarmoqlarga ulanish imkoniyatlari xaritasi, 1 iyulga qadar toʻliq bosh reja taqdim etiladi.

Kelgusi yil 1 martgacha tarmoqlarga ulanish imkoniyatlari xaritasi, 1 iyulga qadar toʻliq bosh reja taqdim etiladi.

Andijondagi davlat tashkilotlarini Bobur shahriga koʻchirish hisobiga boʻshaydigan bino va maydonlar savdo hamda xizmatlar sohasini rivojlantirishga yoʻnaltiriladi. 30 ta maʼmuriy binoni koʻchirish orqali biznes uchun 70 ming kvadrat metr joy boʻshaydi. Buning hisobiga qoʻshimcha 1 mlrd dollar investitsiya jalb qilish va kamida 20 ming ish oʻrni yaratish imkoniyati bor.

Soʻnggi oʻn yilda viloyatga respublika byudjetidan 20 trillion soʻm, banklar tomonidan tadbirkorlik uchun 90 trillion soʻm yoʻnaltirildi. Birgina joriy yilda aholi farovonligini oshirishga 6 trillion soʻm ajratildi. Hokimlarga berilgan vakolatlar va yaratilgan moliyaviy imkoniyatlar shunga munosib natijaga aylanishi zarurligi koʻrsatib oʻtildi.

Prezident mutasaddilarga 1 oktabrgacha besh yillik dastur ishlab chiqib, investorlar uchun 1 gigavatt quvvatli barqaror elektr taʼminotini yoʻlga qoʻyish topshirdi.

Bu yil Qoraqalpogʻiston iqtisodiyoti eng tez oʻsayotgan hududlardan biriga aylandi. Joriy yilning birinchi yarmida iqtisodiyot 10,2 foiz oʻsib, hudud Toshkent shahridan keyingi ikkinchi oʻrinni egalladi.

Ishni toʻgʻri tashkil qilgan 49 ta tuman va 3 ming 429 ta mahalla ishsizlik va kambagʻallikdan xoli hududga aylanayotgani koʻrsatib oʻtildi. Ayni paytda qolgan 159 ta tuman va shahar hamda 5,5 ming mahalladagi masʼullar faoliyatida natija yetarli emasligi tanqid qilindi.

Mazkur xarita ishbilarmonlar, investorlar hamda davlat tuzilmalari uchun yaratilgan yagona universal raqamli darchada maxsus iqtisodiy zonalar, ishlab chiqarish jarayonlari, sotuv bozorlari va logistika tizimini birlashtiradi.

Bosh prokuror oʻrinbosari – Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori Q.Isroilov raisligida Qurolli Kuchlar vazirlik va idoralarining muvofiqlashtiruvchi kengash yigʻilishi oʻtkazildi.

Har yili yoz va qishda oʻnlab podstansiyalarda avariya boʻlib, yuzlab transformatorlar yonib ketmoqda. Iyun-iyul oylarining oʻzida 4 mingga yaqin avariya sodir boʻlib, aholi va tadbirkorlar 8-10 soatgacha elektrsiz qolgan. Energetika vazirligi va uning quyi boʻgʻinlaridagi rahbarlarda ijro va masʼuliyat yetishmayotgani tanqid qilindi.

Viloyatda aylanmasi 100 million soʻmdan yuqori boʻlgan 162 ta korxona ketma-ket uch yil faoliyatini zarar bilan yakunlagani uchun 1 soʻm ham foyda soligʻi toʻlamagan. Shuningdek, 1,5 mingta korxona qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlamasdan, faqat QQSNI chegirib yurgan.

Eksport yoʻnalishida qator tuman va shaharlarda oʻzgarish boʻlmagani koʻrsatib oʻtildi. Xususan, Kasbi, Denov, Toshkent tumani, Jizzax shahri, Paxtaobod, Navoiy shahri, Jomboy, Toyloq, Bandixon, Mirzachoʻl, Yozyovon va Bektemirda ishlar susaygani tanqid qilindi.

Sergeli va Yangihayot tumanlarining aholisini qiynab kelayotgan yana bir masala – suv tozalash inshooti atrofidagi badboʻy hiddir. Mutasaddilarga 1 sentabrgacha oqova suv qabul qilish inshootiga zamonaviy filtrlash uskunalarini oʻrnatib, bu muammoni bartaraf etish topshirildi.