
Eron AQShga qarshi "bombalarning otasi" bilan tahdid qildi
Ushbu qurol "barcha bombalarning onasi" nomi bilan tanilgan Amerika havo bombasiga javoban ishlab chiqilgan.

Ushbu qurol "barcha bombalarning onasi" nomi bilan tanilgan Amerika havo bombasiga javoban ishlab chiqilgan.

Yigirma yil davomida Vashington himoyasiga tayanib kelgan Iroq Kurdiston mintaqasi endilikda bir-biri bilan chambarchas bogʻliq inqirozlarga duch kelmoqda. Ular qatoriga Bagʻdodning hokimiyatni markazlashtirish borasidagi kuchayib borayotgan bosimi hamda qoʻshni davlatlarning, xususan, Eronning kuchayib borayotgan harbiy tahdidlari kiradi.

Buzgʻunchi shia jangarilari, "Ansor ulloh" - husiylar harakatining asosiy kuchi - uning klassik armiyalar bilan teng qurollanganida emas. Husiylar oʻn yildan ortiq davom etgan urush natijasida asimmetrik kurash usullarini oʻzlashtirdi: raketa va dron imkoniyatlari, tarqoq harbiy tuzilma, dengiz kommunikatsiyalariga bosim va mahalliy ijtimoiy-siyosiy tayanch bir tizimga birlashdi. Eronning harbiy-siyosiy koʻmagi bu salohiyatni kuchaytirdi.

Eron yadroviy inqirozi yangi va oʻta xavfli chegaraga yaqinlashdi. Mamlakat parlamenti Yadroviy qurolni tarqatmaslik toʻgʻrisidagi shartnomadandan chiqishini nazarda tutuvchi qonun loyihasini favqulodda tezkor tartibda koʻrib chiqmoqda. Xalqaro cheklovlarning eng muhim huquqiy ustunlaridan biri yoʻqolishi Eron yadroviy dasturining keyingi yoʻnalishiga doir noaniqlikni keskin oshiradi va xalqaro tekshiruvni jiddiy murakkablashtiradi.

Eron hukumati yangi hujumlar avvalgilariga qaraganda kuchliroq boʻlishini kutmoqda. Mamlakatda iqtisodiy ahvol ogʻirligicha qolmoqda, Eron riali soʻnggi ikki oy ichida dollarga nisbatan qiymatining taxminan toʻrtdan bir qismini yoʻqotdi.

Pezeshkiyon Qoʻshma Shtatlar va Isroilni tanqid qila boshlagan zahoti, AQSh delegatsiyasi vakili namoyishkorona oʻrnidan turib, zalni tark etdi. Xabarlarga koʻra, Isroil delegatsiyasi ham tadbirdan chiqib ketgan.

Qaror qonuniy kuchga ega emas va tavsiya xarakteriga ega. Bunday hujjatlarda qonun chiqaruvchilar oʻz pozitsiyalarini bildiradilar. Ijro etuvchi hokimiyat ularni eʼtiborsiz qoldirish huquqiga ega.

Hozirgi zamonda geosiyosiy mojarolar tobora bir-biridan ayro holda qolmayapti. Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi va Eron atrofidagi qarama-qarshilik harbiy texnologiyalar, razvedka, energetika bozorlari va logistika orqali bir-biriga bogʻlanmoqda. Ammo bu bogʻliqlikning yana bir oʻlchovi bor — bu ekologik oʻlchovdir. Mojarolar qancha uzoq davom etsa, ularning davlatlar va insonlar uchun emas, balki iqlim, dengiz ekotizimlari va energetik transformatsiya uchun ham narxi shuncha yuqori boʻladi.

Iordaniya harbiylari havo hujumidan mudofaa tizimlari mamlakat hududiga uchirilgan 18 ta ballistik raketani toʻxtatib qolganini, yana ikkitasi esa aholi yashamaydigan hududlarga qulaganini xabar qilishdi.

Arab davlatlari joylashgan Arabiston (Xalij) yarim oroli va Eron yerlarini ajratib turuvchi mojaroli qoʻltiq arab davlatlarida avvaldan ham Arab yoki Xalij boʻgʻozi deb atalgan. Lekin bu masala nega forslarning jigʻiga endi tegib qoldi?

Eronning eng muhim tashqi hamkorlaridan biri boʻlgan Xitoy AQSh strategiyasini qoʻllab-quvvatlamayotgan, Rossiya esa Vashington bosimiga qoʻshilmayotgan bir sharoitda iqtisodiy yakkalash strategiyasi qanchalik samarali boʻlishi mumkin?

2022 yilda erishilgan amaldagi sulh natijasida nisbatan tinch davr boshlangan boʻlsa-da, 2026 yil yozida Yaman yana keng koʻlamli urush ostonasiga qaytdi. Avgust oyida husiylar va xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olingan Yaman hukumati kuchlari oʻrtasidagi toʻqnashuvlar, ayniqsa, Maʼrib va Hadramaut hududlarida kuchaydi.