
Prezident Urganch xalqaro aeroportidagi ishlar bilan tanishdi
Rekonstruksiya doirasida aeroportda “Boeing 747” va “Airbus A350” kabi keng fyuzelyajli havo kemalarini bemalol qabul qilish imkoniyati yaratiladi. Bu endilikda dunyoning turli qitʼalaridan Xorazmga toʻgʻridan-toʻgʻri, tranzitsiz uzoq masofali parvozlarni amalga oshirish imkonini beradi.







