
Jamiyat
Sharqshunoslik universiteti binosini qurilish vazirining oila aʼzolariga aloqador kompaniya rekonstruksiya qiladi
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining Amir Temur shoh koʻchasi 26-uyda joylashgan binosini rekonstruksiya qilish ishlari tendersiz, yopiq farmoyish asosida “Trest-12” AJ kompaniyasiga berib yuborildi. Mazkur kompaniya qurilish vazirining oila aʼzolariga aloqador deb koʻriladi. Shartnoma qiymati 63 mlrd soʻmni tashkil qilgan.