
Termizda 10-sinf oʻquvchisi YTH sodir etdi, bir kishi halok boʻldi
Dastlabki surishtiruvlarga koʻra, Termiz shahridagi 25-maktabning 10-sinf oʻquvchisi (2010 yilda tugʻilgan) haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlmagan holda onasiga tegishli Cobalt avtomobilni yuqori tezlikda boshqarib kelgan. U tajribasizligi sababli boshqaruvni yoʻqotib, yoʻl oʻrtasidagi yoritish ustuniga borib urilgan.











