
Medvedev Armaniston "yangi Ukraina"ga aylanishidan ogohlantirdi
Moskva va Yerevan oʻrtasidagi munosabatlarning sovuqlashishi qisman Yevropa Ittifoqiga qoʻshilish istagi fonida sodir boʻldi. Armaniston parlamenti 2025 yil mart oyida Yevropa integratsiyasi jarayonining boshlanishi toʻgʻrisida qonun qabul qildi. Bosh vazir Nikol Pashinyan Yerevan Yevropa Ittifoqiga qoʻshilish uchun rasmiy ariza topshirish jarayonini boshlashini eʼlon qildi.











