
Namangandagi bogʻchada 5 yoshli qiz zoʻrlangani boʻyicha ish sudga oshirildi
Sudning ajrimiga asosan, mazkur jinoyat ishi 18 noyabr kuni koʻrib chiqish uchun tayinlangan.

Sudning ajrimiga asosan, mazkur jinoyat ishi 18 noyabr kuni koʻrib chiqish uchun tayinlangan.

Qoʻqon shahar prokuraturasi ishni Jinoyat kodeksining 128-moddasidan (16 yoshga toʻlmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) 118-moddasi 4-qismiga (oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan shaxsning nomusiga tegish) qayta malakalagan.

Holat yuzasidan Qoʻqon shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 128-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Gumonlanuvchi qamoqqa olindi.

Inspektorning ayoli tasodifan ularning uchrashuviga guvoh boʻlgan va qizni kaltaklagan. Jinoyat ishlari boʻyicha Quyi Chirchiq tuman sudi ayolni Jinoyat kodeksining 109-moddasi 1-qismi (qasddan badanga yengil shikast yetkazish) boʻyicha aybli deb topdi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Olmazor tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Qizga himoya orderi taqdim etildi.

Qonun bilan 14 yoshga toʻlmagan shaxsga nisbatan jinsiy zoʻravonlik uchun uzoq muddatli 25 yilgacha yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi joriy etilmoqda. Bolaning oʻlimiga sabab boʻlgan qasddan sodir etilgan jinoyatlar uchun shartli hukm qilish va jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish butunlay taqiqlanmoqda.

Oliy Majlis Senati mazkur masalada qonunni koʻrib chiqmoqda. Bunday jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan insonparvarlik aktlari, shartli ozod qilish, jazoni muddatidan oldin tugatish va boshqa yengillashtiruvchi choralarni qoʻllash imkoniyatlarini cheklash nazarda tutilmoqda.

Hujjatga koʻra, 14 yoshga toʻlmagan bolalarga nisbatan nomusga tegish va jinsiy ehtiyojni zoʻrlik bilan gʻayritabiiy usulda qondirish jinoyatlari uchun 25 yilgacha yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanmoqda. Zoʻravonlikdan jabrlangan yoki unga guvoh boʻlgan bolalarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish mexanizmlari yoʻlga qoʻyiladi.

Deputat Alisher Qodirov bolalarga nisbatan jinoyat uchun jazoni kuchaytirish boʻyicha qonun loyihasi muhokamasida betaraf tomonda qolganini aytib, pedofillarni boshqalarga oʻrnak boʻlishi uchun oʻlim jazosiga mahkum qilish kerakligini bildirdi.

Ushbu masalaga qaratilgan qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga kiritildi. Loyiha 29 sentabr kuni oʻtkaziladigan quyi palataning navbatdagi majlisida koʻrib chiqiladi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi masʼul idoralar bilan birgalikda bir necha oy davomida qonunchilikka oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha takliflar ustida ish olib bordi.

Bu kabi salbiy holatlar boshqa bogʻchalarda ham takrorlanmasligi uchun maxsus ishchi guruh aʼzolari tomonida barcha davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlari tekshirilmoqda.