
Oʻzbekiston metallurgiya kombinatining Quyuv-prokatlash majmuasi ishga tushirildi
Oʻtgan oʻn yilda sohaga qariyb 2 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilinib, 31 ta yirik ishlab chiqarish quvvati ishga tushirildi. Xususiy sektorga keng yoʻl ochilgani natijasida tarmoqda faoliyat yuritayotgan korxonalarning soni 150 tadan oshdi.








