
Prezident “Yashil makon” umummilliy loyihasi ijrosini tanqid qildi
Toshkent, Samarqand va Jizzax viloyatlarida belgilangan rejalar ijrosi qoniqarsiz ekani koʻrsatib oʻtildi. Shuningdek, bahorda ekilgan koʻchatlarning uchdan bir qismi nobud boʻlgani, ayrim joylarda esa amalda ekilmagan koʻchatlar hisobotlarga kiritilgani keskin tanqid qilindi.











