
Shaxmat olimpiadasi chempionlari uy-joy va avtomobil bilan taqdirlanadi
Parashaxmatchilar Ahadxon Kimsanboyev, Marsel Shoyusupov, Sardorbek Mamarajabov, Selbi Kakishova va Sirojiddin Zayniddinovga ham uy-joy va avtomobil beriladi. Terma jamoalar bosh murabbiylari Rustam Qosimjonov va Samandar Shermuxammadov avtomobil bilan mukofotlanadi. "Shaxmatchi va parashaxmatchilarimiz bugunning oʻzida yangi mashinalarini haydab, yangi uylariga kirib borishadi", – dedi davlat rahbari.











