
Prezident rekonstruksiya qilingan “Turon” stadioni bilan tanishdi
Stadionda ommaviy axborot vositalari uchun maxsus platformalar, ofsayd kameralarini oʻrnatish nuqtalari hamda markazlashgan VAR tizimi uchun alohida zona tashkil etildi. Mazkur infratuzilma musobaqalarni yuqori saviyada oʻtkazish va yoritishga xizmat qiladi.




