
Prezident: "Chet elda mehnat qilayotgan yurtdoshlarimiz — haqiqiy mard insonlar!"
Prezident xorijda mehnat qilayotgan birorta ham yurtdoshimiz oʻz muammosi bilan yolgʻiz qolmasligi kerakligini qatʼiy taʼkidladi.

Prezident xorijda mehnat qilayotgan birorta ham yurtdoshimiz oʻz muammosi bilan yolgʻiz qolmasligi kerakligini qatʼiy taʼkidladi.

Yetakchilar Anqara shahridagi “Beshtepa” majmuasida Turkiy davlatlar sivilizatsiyasi bogʻini ochib berdilar. Bogʻda tashkil etilgan turkiy davlatlarning pavilonlarida anʼanaviy oʻtovlar va xalq amaliy sanʼati namunalari namoyish etilmoqda.

Garvard kutubxonasiga Prezident Shavkat Mirziyoyevning ingliz tilida nashr etilgan “Yangi Oʻzbekistonning “yashil” taraqqiyot yoʻli” kitobi hamda “Shavkat Mirziyoyev – jahon miqyosidagi davlat va siyosat arbobi”, “Mustaqillik zafarnomasi” “Yangi Oʻzbekiston: tinchlik, insonparvarlik va bagʻrikenglik diyori” kitob-albomlari taqdim etildi.

Muloqot chogʻida ikki mamlakat oʻrtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini, xususan, siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda yanada mustahkamlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

“Etimesgut” aeroportida davlatimiz rahbarini Turkiya vitse-prezidenti Javdat Yilmaz va boshqa rasmiylar kutib oldi. Turkiyada poytaxtida prezident yurtdoshlarimiz bilan suhbat oʻtkazib, ularning hayoti, oʻqishi va kelajak rejalari bilan qiziqdi.

Uzoq yillardan buyon bosh vazirga nisbatan korrupsiya boʻyicha sud ishi davom etmoqda. Avval afv masalasiga Tramp ham aralashgani aytilgandi.

Davlatimiz rahbari Anqara shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining “Turk asri: tilda, fikrda va ishda birlik” mavzusidagi navbatdagi sammitida ishtirok etadi.

Jahon banki tomonidan Markaziy Osiyo iqtisodiyoti 2026 yilda 5,8 foizga oʻsishi prognoz qilinmoqda. Bu mintaqa jadal rivojlanayotgan va yuksak istiqbolli hududlardan biriga aylanib borayotganidan dalolat beradi.

Har yili olimpiada gʻoliblaridan 50 nafari xorijdagi xalqaro yigʻinlarga yuboriladi. Kelasi yildan gʻoliblarga bir yillik stipendiya berish boshlanadi.

Shavkat Mirziyoyev ikkinchi bor oʻtkazilayotgan Prezident Olimpiadasining ochilish marosimida ishtirok etmoqda. Yoshlarni yanada qoʻllab-quvvatlash maqsadida kelasi yildan Prezident Olimpiadasi gʻolib va sovrindorlarining pul mukofotlari 2,5 baravar oshiriladi. Birinchi oʻrin sohiblariga 25 million, ikkinchi oʻrin uchun 12 million, uchinchi oʻrin uchun 6 million soʻm beriladi.

Tibbiyotni raqamlashtirish boʻyicha ishlar xususiy klinikalar va dorixonalarni ham qamrab olmoqda. Davlat rahbari bu tizim sunʼiy intellekt imkoniyatlari bilan yanada boyitilib, "shifokor va hamshiralarning haqiqiy koʻmakchisi"ga aylanishini aytdi.

Davlatimiz rahbari kinoijodkorlar uchun yana bir tashabbusni maʼlum qildi. Quyi Chirchiq tumanidagi "Koʻhinur" sihatgohi toʻligʻicha ularning ixtiyoriga beriladi. Chilonzor koʻchasining bir qismiga "Oʻzbekfilm" nomini berish taklif qilindi.