
Oʻzbekistonda 1 avgustdan nimalar oʻzgaradi?
Suyultirilgan gaz birja savdosining yangi qoidalari joriy etiladi, Toshkent shahri va viloyatning bir qator tumanlarida issiqxonalar uchun gaz taʼminotida cheklovlar oʻrnatiladi.

Suyultirilgan gaz birja savdosining yangi qoidalari joriy etiladi, Toshkent shahri va viloyatning bir qator tumanlarida issiqxonalar uchun gaz taʼminotida cheklovlar oʻrnatiladi.

"Umra" tadbiriga olib borish "Haj va Umra" yagona portalida majburiy roʻyxatga olish orqali amalga oshiriladi. Baʼzi hududlarda "Aqlli" migratsiya shoxobchalari tashkil etiladi.

Davlat tibbiyot muassasalarining ish vaqti rejimi 5 kunlik ish haftasiga oʻtkaziladi. Qator xizmatlar uchun toʻlovlarda naqd puldan foydalanish cheklanadi.

"Ijtimoiy himoya yagona reyestri" va Kambagʻal oilalar reyestri negizida Yagona ijtimoiy reyestr ish boshlaydi. Ayrim oilalar uchun ijtimoiy yordam paketi joriy etiladi.

Pensiya va nafaqalar miqdori 10 foizga oshmoqda. Pensiya tayinlashning yangi tartibi joriy etiladi.

Jismoniy shaxslar tomonidan bojsiz olib kiriladigan mahsulotlar qiymatining yangi chegarasi belgilandi, bu piyodalar uchun 300 dollarni tashkil etadi. Elektr va gaz narxlari esa oshdi.

"Eng toza mahalla" tanlovi oʻtkaziladi, gʻoliblarga elektromobil sovgʻa qilinadi.

Jumladan, elektr va gaz tariflari oshiriladi, "Afrosiyob" tezyurar poyezdi chiptalari qimmatlashadi, ijro hujjatlarini elektron formatda berish yoʻlga qoʻyiladi.