
Saratonga qarshi kurashish boʻyicha Milliy dastur hududlarda bosqichma-bosqich joriy etiladi
Mazkur dastur doirasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari xodimlarining onkologik hushyorligi oshiriladi. Ular saraton kasalliklarining dastlabki belgilarini aniqlash va bemorlarni oʻz vaqtida ixtisoslashgan muassasalarga yoʻnaltirish boʻyicha qayta tayyorlanadi.






