
Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Vuchich yuzma-yuz va rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokaralar oʻtkazdi
Siyosiy muloqot, parlamentlararo aloqalar, savdo-iqtisodiy hamkorlik hamda ishbilarmonlik va gumanitar almashinuvlar faollashgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. Kelajakda diplomatik vakolatxonalar ochilishi va parlamentlararo forum tashkil etilishi munosabatlarni yanada chuqurlashtirishga xizmat qilishi taʼkidlandi.




