
AQShlik jurnalist Viktor Gotevbega “Oltin qalam” topshirildi
Jurnalist Oʻzbekiston haqida oʻnlab maqolalar yozgan. Ularda respublika siyosati, dunyodagi ovozi va tashabbuslari haqida soʻz boradi.

Jurnalist Oʻzbekiston haqida oʻnlab maqolalar yozgan. Ularda respublika siyosati, dunyodagi ovozi va tashabbuslari haqida soʻz boradi.

11 ta natija jahon miqyosida eng yuqori ball — “Highest Mark in the World” deb eʼtirof etildi. Shundan 9 tasi fizika, 2 tasi biologiya fani hissasiga toʻgʻri keladi.

Taqdimotda mamlakatimizda biofarmatsevtika va biotexnologiya sanoatini rivojlantirishda ilm-fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasining ahamiyati alohida taʼkidlandi.

Oʻzbekiston – Tojikiston doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini, jumladan, ikki mamlakat parlamentlari hamkorligi doirasida yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi. Poytaxtlar va hududlar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni ragʻbatlantirish, madaniy-gumanitar, taʼlim va turizm sohalaridagi almashinuvlarni kengaytirish muhimligi taʼkidlandi.

Prezident meʼda, yoʻgʻon ichak, prostata bezi va oʻpka saratonini erta aniqlash ishlari Samarqanddan boshlanib, 2028 yildan barcha hududlarda joriy etilishini maʼlum qildi.

Mukofot inson salomatligini asrash, ilgʻor ilmiy ishlanmalar va davolash usullarini joriy etishda barchaga oʻrnak boʻlayotgan tibbiyot xodimlariga beriladi.

Ular sogʻliqni saqlash va farmatsevtika tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, sohani tubdan isloh etishga qaratilgan dasturlar ijrosini taʼminlash borasidagi koʻp yillik samarali mehnati va boshqalar uchun mukofotlandi.

Ozarbayjonning Xonkandi shahrida oʻtkazilgan «SOCGOV 2026 – Aqlli boshqaruv uchun raqamli tahlil» xalqaro forumi doirasida «AI4DOST Social Award 2026» tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Davlat rahbari farmonida mukofotlanganlar roʻyxati keltirilgan. Unda IIV markaziy apparati va viloyatlarda faoliyat olib borayotgan qator xodimlar bor.

WHO Director-General’s Award — Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Bosh direktorining global sogʻliqni saqlash sohasidagi nufuzli xalqaro mukofoti. U 2019 yilda JSST Bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus tomonidan taʼsis etilgan. Laureatlarni shaxsan JSST Bosh direktori tanlaydi.

Avvalgi yillarda ushbu mukofotga davlatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari, Nobel mukofoti sovrindorlari, taniqli olimlar va jamoat arboblari sazovor boʻlgan.

Marko Rubio “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi. Uning Oʻzbekiston va AQSh oʻrtasidagi strategik sheriklikni rivojlantirish, siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirishdagi hissasi eʼtirof etildi. Serjio Gor esa Oʻzbekiston va AQSh oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarni mustahkamlash hamda strategik sheriklikni kengaytirishga qoʻshgan hissasi uchun “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlandi.