
Jamiyat
Qilmishi ovoza boʻlgan Samarqand “elektroset”ning Yuridik boʻlim boshligʻi egallab turgan lavozimidan ozod etildi
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJning Samarqand hududiy filiali yuristi shu yerda direktor oʻrinbosari sifatida ishlovchi ayolni toʻshakka taklif qilgani, rozi boʻlmasa, unga qarshi jinoyat ishi ochish bilan qoʻrqitgani aks etgan videohavola tarqalgandi. Viloyat hokimi oʻtkazgan yigʻilishda yurist ishdan olindi. Ayolning murojaati oʻrganilmoqda.