
Binance xakerlik hujumiga uchradi: zarar 6,3 mlrd dollarga baholanmoqda
Binance xodimlaridan birining noutbuki buzib kirilgani ortidan platformaning xizmat tizimiga ruxsatsiz kirilgan va mablagʻlar yechib olingan. Hujumdan soʻng birjada depozit va pul yechish operatsiyalari vaqtincha toʻxtatildi. Tether, Circle va World Liberty Financial kompaniyalari ham 2,3 milliard dollardan ortiq shubhali aktivlarni muzlatganini maʼlum qildi.









