
Oʻzbekistonda oltin ishlab chiqarish 175 tonnaga yetkaziladi
Prezident yigʻilishida energetika resurslariga boʻlgan talab ortib borayotgan sharoitda koʻmir qazib chiqarish va uni qayta ishlash loyihalarini jadallashtirish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi. Aholi va sanoat korxonalariga koʻmir yetkazib berish hajmini oshirish yuzasidan vazifalar belgilandi.









