
Sport
"Bunyodkor" stadionining elektrdan qarzini toʻlash uchun xayriya boshlandi
4 sentabr kuni stadion elektr energiyasidan qarz tufayli tarmoqdan toʻliq uzildi. Stadionning qarzi 1,728 milliard soʻmni (taxminan 147 000 dollar) tashkil etadi.

4 sentabr kuni stadion elektr energiyasidan qarz tufayli tarmoqdan toʻliq uzildi. Stadionning qarzi 1,728 milliard soʻmni (taxminan 147 000 dollar) tashkil etadi.

Muammo uzoq davom etgan moliyaviy inqiroz fonida yuzaga keldi: stadion va akademiya soʻnggi ikki oy davomida issiq suvsiz qolgan, xodimlar va futbolchilar esa oʻtgan yilning dekabridan beri maosh olmagani aytilgan.

Klub qarzni toʻlash boʻyicha futbolchilar bilan kelishuvga erishgan. Unga koʻra, pullar boʻlib-boʻlib toʻlanadi.