
Prezident Zamonaviy sanʼat markaziga tashrif buyurdi
Ushbu markaz Oʻzbekistonda zamonaviy sanʼatga ixtisoslashgan birinchi davlat muassasasidir. Shu bilan birga, u Markaziy Osiyoda koʻrgazma, taʼlim, tadqiqot va maʼrifiy faoliyatni birlashtirgan bunday koʻlamdagi ilk madaniy majmua hisoblanadi.











