
Prezident Samarqandga tashrifni Imom Buxoriy maqbarasi ziyoratidan boshladi
Qurʼon oyatlari oʻqilib, duolar qilindi. Davlat rahbariga Imom Buxoriyning boy ilmiy merosini asrab-avaylash, oʻrganish va dunyoga targʻib etish orqali islom maʼrifati va ziyorat turizmini rivojlantirish boʻyicha berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan axborot berildi.











