
Prezident Parkentdagi “Silver Valley” oilaviy dam olish majmuasi bilan tanishdi
Umumiy qiymati 148,5 milliard soʻm boʻlgan majmua 29,5 gektar maydonda joylashgan. Loyiha doirasida 200 ta ish oʻrni yaratish koʻzda tutilgan. Bu yerda jami 120 oʻrinli 12 ta shale uslubidagi uy, zamonaviy qabul binosi, 300 oʻrinli restoran, jami 200 oʻringa moʻljallangan 12 ta oʻtov-restoran, 100 oʻrinli terrasa-kafe hamda 4 ta SPA majmuasi barpo qilingan.






