
Ovoz bergan saylovchilar 81,39 % ni tashkil etdi
Soat 17:00 ga qadar aholining 15 mln. 802 ming 95 nafari, yaʼni 81,39 % qismi ovoz berib boʻldi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi raisi oʻrinbosari Bahrom Qoʻchqorov maʼlum qildi.

Soat 17:00 ga qadar aholining 15 mln. 802 ming 95 nafari, yaʼni 81,39 % qismi ovoz berib boʻldi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi raisi oʻrinbosari Bahrom Qoʻchqorov maʼlum qildi.

Soat 15:00 ga qadar aholining 14 mln. 206 ming 021 nafari, yaʼni 73,17 % qismi ovoz berib boʻldi.

Markaziy saylov komissiyasi tomonidan oʻtkazilgan brifingda aytilishicha, soat 13:00 ga qadar aholining 12 mln. 83 ming 105 nafari, yaʼni 62,24 % qismi ovoz berib boʻldi.

120 million miqdorda kredit olib, paypoq ishlab chiqarayotgan Firdavs Dadajonov bir yil boʻlmasdanoq mahsulotlarini Qozogʻiston va Tojikistonga eksport qila boshlagan.

Markaziy saylov komissiyasi tomonidan oʻtkazilgan brifingda aytilishicha, soat 11:00 ga qadar aholining 6 820 838 nafari, yaʼni 35.13 % odam ovoz berib boʻldi.

Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tashkil etilgan matbuot markazida Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari Bekmurod Abdullayev ishtirokida brifing boʻlib oʻtdi.

Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Bahromjon Aʼloyev ayni paytda boʻlib oʻtgan brifingda 40 ta xorijiy davlatda 1003 ta joyda referendum uchastkalari tashkil etilganini maʼlum qildi.

Matbuot markazida Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxoʻjayev referendum boshlanishiga oid brifingda maʼlumot berdi.

Ovoz berish referendum kuni soat 8:00 dan 20:00 gacha oʻtkaziladi.

Bugun Oʻzbekistonda umumxalq referendumi boʻlib oʻtadi. Unda Konstitutsiyaga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha xalq munosabati oʻrganiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerning taklifiga binoan joriy yil 2-3 may kunlari tashrif bilan ushbu mamlakatga tashrif buyuradi.

Ilhom Qilichxonov Nurafshon shahri hokimi etib tayinlandi.