platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz

So‘nggi yangiliklar

Qoraqalpogʻistondagi tibbiyot akademiyasida yiliga qariyb 10 ming mutaxassis malaka oshiradi
Jamiyat

Qoraqalpogʻistondagi tibbiyot akademiyasida yiliga qariyb 10 ming mutaxassis malaka oshiradi

Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻiston ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasi faoliyati bilan tanishdi. Bu yerda har yili Orolboʻyi mintaqasidan 100 nafarga yaqin klinik ordinator tayyorlanadi. Ularning taʼlim olishi va yashashi uchun zarur sharoitlar yaratilgan. 

Avval tintuv, keyin sud:  Konstitutsiyaviy sudga muhim murojaat kelib tushdi
Jamiyat

Avval tintuv, keyin sud: Konstitutsiyaviy sudga muhim murojaat kelib tushdi

Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz muhim masala yuzasidan Konstitutsiyaviy sudga murojaat qildi. Bu Jinoyat-protsessual kodeksining 158¹-moddasi bilan bogʻliq. Unga koʻra, “kechiktirib boʻlmaydigan hollarda” tintuv tergovchi yoki surishtiruvchining qarori bilan, sudning oldindan roziligisiz oʻtkazilishi mumkin. Sud esa keyin uning qonuniyligini tekshiradi.

Fargʻonada 30 dan ortiq odam fast-fuddan zaharlangani aytilmoqda
Jamiyat

Fargʻonada 30 dan ortiq odam fast-fuddan zaharlangani aytilmoqda

17–18 sentabr kunlari Uchkoʻprik tumanida fuqarolar holsizlik, koʻngil aynishi va ich ketishi kabi shikoyatlar bilan tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.
Shifokorlar tomonidan bemorlarda ovqatdan zaharlanish holatiga gumon qilingan. 18 sentabr kuni soat 17:00 holatiga jami 37 nafar fuqaro tibbiy yordam soʻrab murojaat qilgan. Ularning 31 nafari shifoxonaga yotqizilgan.

“Oʻzbekgidroenergo” Koreya Milliy Assambleyasiga kitoblar topshirdi
Jamiyat

“Oʻzbekgidroenergo” Koreya Milliy Assambleyasiga kitoblar topshirdi

​Mazkur nashrlar orasidan Prezident Shavkat Mirziyoyevning asarlari, Oʻzbekiston tarixi va madaniy merosiga oid ilmiy-maʼrifiy nashrlar hamda mamlakatning bugungi taraqqiyotini aks ettiruvchi kitoblar oʻrin olgan. 

Pedagoglar farzandlari uchun kontraktga 30 foiz chegirma beriladi
Jamiyat

Pedagoglar farzandlari uchun kontraktga 30 foiz chegirma beriladi

Joriy oʻquv yilidan boshlab davlat OTMlariga oʻqishga kirgan va tahsil olayotgan pedagoglarning farzandlariga toʻlov-kontrakt toʻloviga 30 foiz chegirma taqdim etiladi. Bu pedagogning barcha farzandlariga amal qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Nukusdagi Diyqan arna mahallasi faollari bilan muloqot oʻtkazdi
Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev Nukusdagi Diyqan arna mahallasi faollari bilan muloqot oʻtkazdi

Hududda joriy etilgan “Smart mahalla” tizimi aholi murojaatlarini tezkor hal etish, demografik maʼlumotlarni aniq yuritish va infratuzilma holatini elektron nazorat qilish imkonini beradi. Daromad topishda asalarichilik asosiy yoʻnalish sifatida belgilangan. 

Toshkentdagi dalahovlida 5 turdagi narkotiklarni saqlab kelgan jinoiy guruh aniqlandi
Jamiyat

Toshkentdagi dalahovlida 5 turdagi narkotiklarni saqlab kelgan jinoiy guruh aniqlandi

Uyushgan guruhning boshqa aʼzolarini ushlash uchun Oʻrta Chirchiq tumanida tezkor tadbir davom ettirildi. Natijada narkotik moddalar isteʼmolchilari ushbu ashyolarni tegishli joydan olib ketayotganda ushlandi.  Mazkur holat yuzasidan ayblanuvchilarga nisbatan JKning 273-moddasi, 6-qismi, "a" bandi bilan ish qoʻzgʻatilgan. 

BMW`da YPX inspektorini urib ketgan shaxs 2,4 yilga qamaldi
Jamiyat

BMW`da YPX inspektorini urib ketgan shaxs 2,4 yilga qamaldi

Doniyor Turgʻunov 25 fevral kuni birovga tegishli BMW avtomashinasini avtomobil yuvish shoxobchasidan olib chiqib ketgan va YPX xodimi Hosilbek Eshnazarovni urib yuborgandi. Eshnazarov shifoxonada vafot etgandi. 

Prezidentga zamonaviy parrandachilik majmuasi taqdimot qilindi
Iqtisod

Prezidentga zamonaviy parrandachilik majmuasi taqdimot qilindi

Kegeylidagi loyihaning umumiy qiymati 7,8 million dollarni tashkil etadi. Korxona  200 ming tovuq boqish imkoniyatiga ega, yiliga 27,5 million dona inkubatsion tuxum yetishtiriladi. 

Nigeriyada spirtli ichimlik ichish oqibatida salkam 50 kishi vafot etdi
Jahon

Nigeriyada spirtli ichimlik ichish oqibatida salkam 50 kishi vafot etdi

Gap "Maymun dumi" nomi bilan tanilgan mashhur alkogolli ichimlik haqida ketmoqda. Uning tarkibida metanol moddasi borligi gumon qilingan.  

Prezident Kegeylidagi sanoatlashgan intensiv bogʻni borib koʻrdi
Jamiyat

Prezident Kegeylidagi sanoatlashgan intensiv bogʻni borib koʻrdi

Orolboʻyining ogʻir iqlimida, shoʻr tuprogʻida bogʻdorchilik oʻzini oqlamaydi. 55 milliard soʻm mablagʻ yoʻnaltirilgan mazkur loyiha esa bu qarashlarni butkul oʻzgartirmoqda. Bogʻning umumiy maydoni 330 gektarni tashkil etadi. Mahalliy aholi uchun 100 ta muqim ish oʻrni yaratildi. 

38 yoshdan pensiyaga: dunyo davlatlarida odamlar necha yoshda nafaqaga chiqmoqda?
Maqola

38 yoshdan pensiyaga: dunyo davlatlarida odamlar necha yoshda nafaqaga chiqmoqda?

Jahon tajribasi ogʻriqli islohotni “hamma faqat yutadi” deb koʻrsatish ishonchni oshirmasligini, aksincha, pasaytirishini koʻrsatadi. Agar davlat insonga 63, 65 yoki 67 yoshgacha ishlashni taklif qilsa, u yana bir savolga ham javob berishi shart: shu yoshda uni kim ish bilan taʼminlaydi?

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid