Yoʻl harakati xizmati xodimlarini haqorat qilgan fuqarolar 5 sutkaga qamaldi
Ular elektron murojaatlar tizimi orqali uyatli va haqoratli soʻzlar yuborgan.

Andijon viloyati IIB JXX YHXB Maʼmuriy amaliyot markaziga qarashli elektron murojaatlar tizimi orqali ikki nafar fuqaro tomonidan uyatli va haqoratli soʻzlar bilan murojaat qoldirilgani aniqlandi.
Yoʻl harakati xizmati mutasaddilariga koʻra, bunday harakatlar maʼmuriy jazoga sabab boʻladi.
Haqoratli izoh yozgan har ikkala fuqaroning shaxsi aniqlanib, tegishli jazo belgilandi.
Mazkur huquqbuzarlik uchun fuqarolarga nisbatan sud tomonidan 5 sutkadan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.





