Sindorov jahon chempionligi yoʻlida muhim gʻalabani qoʻlga kiritdi
Hamyurtimiz jahon chempionligi matchining 5-partiyasida oq donalarda amaldagi jahon chempioni Gukeshni magʻlub etdi.

Javohir Sindorov jahon chempionligi matchida ilk gʻalabasini qoʻlga kiritdi.
Hamyurtimiz jahon chempionligi matchining 5-partiyasida oq donalarda amaldagi jahon chempioni Gukeshni magʻlub etdi.
Dastlabki toʻrtta partiya durang bilan yakunlangan boʻlsa, beshinchi partiyada Gukeshning 31-yurishda farzinlarni almashtirishga urinishi jiddiy xatoga aylandi. Javohir bu imkoniyatdan unumli foydalandi.
20 yoshli grossmeysterimiz matchdagi ilk gʻalabasini rasmiylashtirdi va 3:2 hisobida oldinga chiqdi.
Jahon chempionligi uchun jami 14 ta klassik partiya rejalashtirilgan boʻlib, 7,5 ball toʻplagan shaxmatchi jahon toji sohibiga aylanadi.





