platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Jarima ballari 12 dan oshgan haydovchilar soni 4 ming nafardan oʻtdi

Bir yil ichida jarima ballari 12 ballga yetgan haydovchilar kamida 6 oy muddatga transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etilishi belgilangan. 

Jarima ballari 12 dan oshgan haydovchilar soni 4 ming nafardan oʻtdi

Oʻzbekistonda jarima ballari 12 dan oshgan haydovchilar soni 4 ming nafardan oshdi. Bu haqda 28 noyabr kuni YHXX axborot xizmati xabar berdi.

“Jarima ballini hisoblash tartibi joriy etilgandan keyin, yurtimizda oʻtgan davrda birinchi oʻrinda avtohalokatlarning soni keskin kamayishiga erishildi. Umuman olganda, inson oʻlimi kamayishiga erishildi. Qolaversa, haydovchilar tomonidan yoʻl harakati qoidalarini buzish holatlari bir muncha kamaydi”, dedi YHXX axborot xizmati rahbari Zoir Yoʻldoshev.

Maʼlum qilinishicha, jarima ballari hisoblash tartibi joriy etilgandan hozirgacha toʻrt mingdan ziyod haydovchilar 12 balldan yuqori jarima ballari oldi.

Ular haydovchilik huquqidan sud tartibida mahrum etilishi belgilangan.

Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 34-1-moddasiga koʻra, bir yil ichida jarima ballari 12 ballga yetgan haydovchilar kamida 6 oy muddatga transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etiladi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid