Isitish mavsumida yordam beriladigan 1 mlnga yaqin oilalar roʻyxati shakllantirildi
Ulardan 567,9 mingtasi Ijtimoiy reyestrdagi oilalar sanaladi.

Isitish mavsumida bir martalik moddiy yordam toʻlash uchun 969,3 mingta ehtiyojmand oilalar roʻyxati shakllantirildi.
Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi. Unga koʻra:
-567,9 mingta Ijtimoiy reyestrdagi oilalar;
-375,6 mingta (shundan, 113 mingta markazlashgan isitish tizimiga ulangan oilalar, 19,5 mingtasi shtab qarorlariga asosan) mahalla yettiligi shakllantirgan qoʻshimcha ehtiyojmand oilalar;
-20,3 mingta oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar;
-5,5 mingta yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar yashayotgan oilalar.
Toʻlovlar ikki bosqichda amalga oshirilmoqda.
Birinchi bosqichda 893,4 mingta oilaga jami 893,4 milliard soʻm moddiy yordam toʻlab berildi.
Ikkinchi bosqichda bank kartasi mavjud boʻlmagan 75,9 mingta oilaga kartalar rasmiylashtirilib, jami 75,9 milliard soʻm moddiy yordam oʻtkazilishi belgilangan.
Bank kartalari tayyor boʻlgan oilalarga toʻlovlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.





