platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Madaniyat

Andijondan Qaysariga: turkiy dunyo madaniyat poytaxti estafetasi topshirildi

Andijon viloyati hokimligi Turkiy dunyoning madaniyat poytaxti ramziy estafetasini 2027 yilda ushbu maqomni qabul qiladigan Turkiyaning Qaysari shahri hokimiga tantanali ravishda topshirdi.

Andijondan Qaysariga: turkiy dunyo madaniyat poytaxti estafetasi topshirildi

28 noyabr kuni Andijon shahridagi "Universal" majmuasida "Andijon — 2026 yilda turkiy dunyoning madaniyat poytaxti" tadbirlarining tantanali yopilish marosimi konsert dasturi bilan yakunlandi.

Bayram konsertida Yunus Rajabiy nomidagi "Maqom" ansambli xonandalari Boboqul Orziyev va Xotamjon Zokirjonov, shuningdek, turkiy davlatlardan kelgan opera va estrada xonandalari ishtirok etdi.

Andijondan Qaysariga: turkiy dunyo madaniyat poytaxti estafetasi topshirildi

Sahnada Oʻzbekiston, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkiya va Turkmaniston sanʼatkorlari chiqish qildi. Ular orasida Oʻzbekiston xizmat koʻrsatgan artistlari Otabek Nazirov, Alisher Fayz, Rayhon Gʻaniyeva, Jahongir Poziljonov, Oʻzbekiston xalq artisti Mahmud Nomozov, qardosh davlatlar xonandalari Nelgun Qizilji, Lale Mamedova, Aqbota Tobagabillova, Baturmurot Sahev, Janbolot Jololmanov va boshqa ijrochilar bor edi.

Turli raqs ansambllarining chiqishlari, xususan, "Andijon polkasi" konsert dasturining yorqin lahzalaridan biri boʻldi.

Andijondan Qaysariga: turkiy dunyo madaniyat poytaxti estafetasi topshirildi

Andijon viloyati hokimligi Turkiy dunyoning madaniyat poytaxti ramziy estafetasini 2027 yilda ushbu maqomni qabul qiladigan Turkiyaning Qaysari shahri hokimiga tantanali ravishda topshirdi.

Andijonning esa Turkiy dunyo madaniyat poytaxti sifatidagi bir yillik faoliyati yakunlandi.

2027 yilda esa bu maqom Qaysari shahrida davom etadi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid