Andijonda tut daraxtlari qoʻporilishi natijasida tabiatga 1,5 mlrd soʻmlik zarar yetkazildi
Holat yuzasidan toʻplangan hujjatlar prokuratura organlariga yuborilishi aytilgan.

Andijonda 19 tup daraxt qoʻporilishi oqibatida tabiatga 1,5 mlrd soʻmdan ortiq zarar yetdi.
Bu haqda viloyat Ekologiya va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi xabar berdi.
Oʻrganish davomida mazkur huquqbuzarlik "Baxt Imkon Rivoji" fermer xoʻjaligi hududida xoʻjalik ishchisi tomonidan sodir etilgani aniqlangan.
Xususan, hududdagi 19 tup tut daraxti qoʻporib tashlanishi natijasida tabiatga 1,5 mlrd soʻmdan ortiq zarar yetkazilgan.
Holat yuzasidan toʻplangan hujjatlar prokuratura organlariga yuboriladi, deyiladi xabarda.





