platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Sport

Toshkentda xalqaro badiiy gimnastika yulduzlari jamlanadi

​2026 yil 5–6 dekabr kunlari "HUMO Arena" majmuasida oʻtkaziladigan xalqaro turnirda 30 dan ortiq mamlakatdan sportchilar, murabbiylar va hakamlar ishtirok etadi. 

Toshkentda xalqaro badiiy gimnastika yulduzlari jamlanadi

Toshkent ilk bor nufuzli xalqaro "Samoviy nafosat" kubogi musobaqasiga mezbonlik qiladi.

​2026 yil 5–6 dekabr kunlari "HUMO Arena" majmuasida oʻtkaziladigan turnirda 30 dan ortiq mamlakatdan sportchilar, murabbiylar va hakamlar ishtirok etadi.

​Musobaqada 2011 yilda va undan oldin tugʻilgan "senior" toifasidagi gimnastikachilar yakkalik koʻpkurashi, alohida mashqlar hamda guruh dasturlari boʻyicha bellashadilar.

​Dasturdan argʻamchi, chambarak, toʻp, bulavalar va tasma bilan bajariladigan nafis va murakkab chiqishlar oʻrin olgan.

​Oʻzbekiston sharafini koʻp karra Osiyo chempioni Tahmina Ikromova, Anastasiya Saranseva hamda guruh mashqlari boʻyicha ikki jamoamiz gimnastikachilari himoya qiladi.

​"Samoviy nafosat" kubogining Toshkentda oʻtkazilishi xalqaro sport aloqalarini mustahkamlash, tajriba almashish, badiiy gimnastikani ommalashtirish hamda Oʻzbekiston gimnastika maktabining yutuqlarini dunyoga namoyish etishga xizmat qiladi.

​Maʼlumot uchun: "Samoviy nafosat" kubogining xalqaro tarixi 2021 yilda Moskvada boshlangan. Keyingi yillarda musobaqa Pekin (2023, 2025) va Doha (2024) shaharlarida oʻtkazilgan. 2026 yilda esa turnirni oʻtkazish huquqi ilk bor Oʻzbekiston poytaxtiga berildi.

​Manzil: "HUMO Arena", Toshkent

Sana: 5–6 dekabr, 2026 yil.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid