Toshkentda 3 yoshli farzandining bosh kiyimiga geroin yashirgan erkak qoʻlga olindi
Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan va gumonlanuvchi qamoqqa olingan.

Toshkentda 3 yoshli farzandining bosh kiyimiga geroin yashirgan erkak ushlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.
Yashnobod tumanida avtomobil toʻxtatilib, koʻzdan kechirilganda bolaning bosh kiyimidan giyohvandlik moddasi topildi.
Erkak buni qoʻrqqanidan qilganini aytdi. Unga nisbatan JKning 273-moddasi jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda gumonlanuvchi qamoqqa olingan.
Bundan tashqari Yashnobod tumanida IIBB xodimlarida shubha uygʻotgan fuqaro yonidan maxsus oʻralgan giyohvand modda topildi. Fuqaro shuningdek, 28 dona oʻralgan narkotik moddalarni turli joylarga yashirganini bildirgan.





