"Neftchi" yettinchi bor Oʻzbekiston chempioniga aylandi
Fargʻonada "Neftchi" - "Dinamo" uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda mezbonlar durang evaziga Oʻzbekiston chempionligini qoʻlga kiritdi.

Fargʻonadagi “Istiqlol“ stadionida Superliganing 29-turidan oʻrin olgan "Neftchi" - "Dinamo" uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Oʻyinning 1-boʻlimida Dumbuyaning 42- va 44-daqiqalarda kiritgan gollari “Dinamo”ni hisobda oldinga olib chiqdi.
Oʻyinga qoʻshib berilgan soʻnggi daqiqalarda “Dinamo” jarima maydonida Jumayevga nisbatan qilingan qoʻpollikdan soʻng bosh hakam yana VARga murojaat qildi va yana penalti belgiladi. Jamshid Iskandarov bu safar ham moʻljalda adashmadi va hisobni tenglashtirdi.
Ushbu durang “Neftchi”ning muddatidan oldin Superliga gʻolibi boʻlishini taʼminladi - jamoa yetti karra Oʻzbekiston chempioniga aylandi.
Gollar: Amadu Dumbuya 42, - 0:1 (A.Hojimirzayev). Amadu Dumbuya 44, - 0:2. Jamshid Iskandarov 57 penalti, - 1:2. Jamshid Iskandarov 90+7 penalti, - 2:2.





