Afgʻoniston Oʻzbekistonning eng yirik savdo hamkorlaridan biriga aylandi
Joriy yilning dastlabki sakkiz oyida savdo aylanmasi 1,4 mlrd dollarni tashkil etdi.

Afgʻoniston Oʻzbekistonning eng yirik beshta savdo hamkoridan biriga aylandi.
2023 yilda 867 mln dollar boʻlgan oʻzaro savdo aylanmasi 2024 yilda 1,14 mlrd dollarga (+31%), 2025 yilda esa 1,68 mlrd dollarga (+48%) yetgan. Joriy yilning dastlabki sakkiz oyida bu koʻrsatkich 1,4 mlrd dollarni tashkil etdi.
Soʻnggi ikki yilda Savdo-sanoat palatasi koʻmagida 700 dan ortiq oʻzbekistonlik tadbirkor Afgʻonistonga borgan. Birgina Andijon viloyati va Palata delegatsiyasining safari davomida qariyb 1,1 mlrd dollarlik 57 ta kelishuvga erishilgan.
Kobul va Mozori Sharifda Oʻzbekiston savdo uylari ochildi. Transafgʻon temir yoʻli loyihasi esa Pokiston portlari orqali jahon bozorlariga chiqish imkoniyatini yaratishi mumkin.
Oʻzbekiston tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega boʻlgan TOP-10 davlat:
Xitoy — 15,2 mlrd AQSh dollari;
Rossiya — 10,5 mlrd AQSh dollari;
Qozogʻiston — 4,3 mlrd AQSh dollari;
Turkiya — 2,2 mlrd AQSh dollari;
Afgʻoniston — 1,6 mlrd AQSh dollari;
Koreya Respublikasi — 1,4 mlrd AQSh dollari;
BAA — 1,4 mlrd AQSh dollari;
Fransiya — 1,3 mlrd AQSh dollari;
Gonkong (Xitoyning maxsus maʼmuriy hududi) — 1,3 mlrd AQSh dollari;
Qirgʻiz Respublikasi — 1,1 mlrd AQSh dollari.





