4 dekabr – OʻzLiDeP Kongressi: partiya faoliyatining yangi bosqichi
Kongress partiyaning kelgusi faoliyati, mafkuraviy yoʻnalishi va jamiyatning turli qatlamlari manfaatlarini ifodalashdagi ustuvor vazifalarini belgilab berishi kutilmoqda.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasining navbatdagi Kongressiga faol tayyorgarlik koʻrilmoqda.
Muhokamalar markazida partiyaning kengayib borayotgan elektorati – tadbirkorlar, ziyolilar, taʼlim va tibbiyot xodimlari, madaniyat, sport, OAV, IT va fintex sohasi vakillari, yoshlar hamda xotin-qizlar manfaatlarini yangi Siyosiy dasturda kengroq ifodalash masalasi turdi.
4 dekabr kuni 1 500 nafar delegat ishtirokida oʻtadigan Kongress kun tartibidan uchta muhim masala oʻrin olgan:
-partiyaning yangi Siyosiy dasturi loyihasini muhokama qilish;
-mafkuraviy qarashlarini yangilash va faoliyatini Yangi Oʻzbekiston talablariga muvofiqlashtirish;
-tashkiliy tuzilmasini ilgʻor xalqaro tajriba asosida qayta koʻrib chiqish.
Kongress partiyaning kelgusi faoliyati, mafkuraviy yoʻnalishi va jamiyatning turli qatlamlari manfaatlarini ifodalashdagi ustuvor vazifalarini belgilab berishi kutilmoqda.





