platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Iqtisod

Yangi Toshkentda umumiy qiymati 7,18 milliard dollarlik yirik loyihalar amalga oshirilmoqda

Loyihalar 339 gektar hududni qamrab olib, umumiy qurilish maydoni 5,8 million kvadrat metrni tashkil etadi. Yangi shaharning birinchi bosqichi uchun ajratilgan 6 ming gektar hududda 50 milliard dollarlik loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Yangi Toshkentda umumiy qiymati 7,18 milliard dollarlik yirik loyihalar amalga oshirilmoqda

OAV uchun kontent tayyorlash markazida Yangi Toshkent va hududlarda yirik shaharsozlik loyihalarini qoʻllab-quvvatlash, investorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish hamda qurilish jarayonlarini jadallashtirish masalalariga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

Unda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi, Bojxona qoʻmitasi hamda Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi vakillari ishtirok etdi.

Matbuot anjumanida Prezidentning 2026 yil 10 noyabrdagi PF–243-son Farmonida belgilangan vazifalar, investorlar uchun joriy etilayotgan imtiyozlar va Yangi Toshkent qurilishining borishi haqida maʼlumot berildi.

Eʼtiborga molik raqamlar:

  • Ayni paytda Yangi Toshkentda umumiy qiymati 7,18 milliard dollarlik 20 ta yirik loyiha boʻyicha investorlar bilan ish olib borilmoqda. Loyihalar 339 gektar hududni qamrab olib, umumiy qurilish maydoni 5,8 million kvadrat metrni tashkil etadi.
  • Yangi shaharning birinchi bosqichi uchun ajratilgan 6 ming gektar hududda 50 milliard dollarlik loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
  • Hozirga qadar Yangi Toshkentda 2 milliard dollarlik ishlar bajarildi, umumiy qiymati 1 milliard dollar boʻlgan 7 ta obʼekt foydalanishga topshirildi. 18 kilometr avtomobil yoʻli qurildi.
  • Farmonga muvofiq, 50 million dollardan boshlanadigan yirik loyihalar uchun maxsus huquqiy rejim, qurilishga tayyor yer uchastkalari, ayrim soliq va bojxona imtiyozlari joriy etilmoqda.
  • Investorlar qurilish davrida oʻz ehtiyoji uchun olib kiradigan texnika, uskuna va materiallarni bojxona bojlaridan ozod etish, shuningdek, loyihalash, xarid va qurilish jarayonlarini bir vaqtda amalga oshirish imkoniyatiga ega boʻladi.
Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid