platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Ukrainadagi urushda mingdan ortiq oʻzbekistonlik halok boʻlgani maʼlum qilindi

Rossiya safida jang qilgan 93 davlatdan qariyb 7 ming xorijlik halok boʻlgan. Ularning 4091 nafari (58,9 foizi) Markaziy Osiyo hissasiga toʻgʻri keladi.

Ukrainadagi urushda mingdan ortiq oʻzbekistonlik halok boʻlgani maʼlum qilindi

Ukrainadagi urushda mingdan ortiq oʻzbekistonlik halok boʻlgani aytilmoqda.

Xakerlar guruhi urush boʻiycha yangi maʼlumotlarni qoʻlga kiritdi. Rosstatdan sizib chiqqan maʼlumotlarga koʻra, 2026 yil sentabr oxirigacha Ukrainadagi urushda kamida 490 ming rossiyalik harbiy halok boʻlgan. Haqiqiy qurbonlar soni 700 mingdan ortiq boʻlishi mumkin.

Rossiya safida jang qilgan 93 davlatdan qariyb 7 ming xorijlik halok boʻlgan. Ularning 4091 nafari (58,9 foizi) Markaziy Osiyo hissasiga toʻgʻri keladi.

"Dose" markazi 1301 nafar oʻzbekistonlik halok boʻlganini qayd etgan boʻlsa, BBC 1031 nafar Oʻzbekiston fuqarosining oʻlimini aniqlagan.

Ukrainaning "Xochu jit" davlat loyihasi maʼlumotiga koʻra, 2026 yil 1 oktabr holatiga Markaziy Osiyo davlatlarining 20,4 mingdan ortiq fuqarosi Rossiya armiyasi bilan shartnoma tuzgan. Ularning 8,2 mingdan ortigʻi, yaʼni 40 foizi oʻzbekistonliklardir.

Loyiha hisobicha, yollanayotganlar soni tez oʻsmoqda. 2024 yilda 1446 nafar, 2025 yilda 3487 nafar Oʻzbekiston fuqarosi shartnoma imzolagan. Xorijliklar pul, fuqarolik vaʼdasi, aldov va majburlash orqali urushga jalb qilinmoqda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid