Saida Mirziyoyeva “2027 yil — Xalqaro barqaror va yashovchan turizm yili”ning ochilish marosimida ishtirok etdi
Prezident administratsiyasi rahbari “BMT Turizm” bosh kotibi Shayxa Al Novays va xorijiy delegatsiyalarga prezident Shavkat Mirziyoyevning tabrigini yetkazgan.

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Toshkentda “2027 yil — Xalqaro barqaror va yashovchan turizm yili”ning ochilish marosimida ishtirok etdi.

"Oʻzbekiston tashabbusi asosidagi “2027 yil – Xalqaro barqaror va yashovchan turizm yili”ning Toshkentda oʻtkazilgan ochilish marosimida qatnashdim. Biz mehmonlarni yaxshi koʻramiz. Har bir sayyoh yurtimizga ishonch, xonadonlarimizga fayz-baraka degani.
Oʻzbekistonga xush kelibsiz!" deya yozadi PA rahbari.

Saida Mirziyoyeva “BMT Turizm” bosh kotibi Shayxa Al Novays va xorijiy delegatsiyalarga Prezident Shavkat Mirziyoyevning tabrigini yetkazgan.





