platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Iqtisod

Prezident transport-logistika sohasidagi investor va tadbirkorlar bilan uchrashuv oʻtkazmoqda

​Mutasaddilarga Toshkent – Chorvoq, Samarqand – Buxoro yoʻnalishlari va Taxtiqoracha dovonidagi yoʻllar boʻyicha jami 1,8 milliard dollarlik loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini yakunlab, investorlarga taqdim etish topshirildi. 

Prezident transport-logistika sohasidagi investor va tadbirkorlar bilan uchrashuv oʻtkazmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev Avtomobil yoʻllari qoʻmitasining ilmiy-amaliyot markazida transport-logistika sohasidagi investor va tadbirkorlar bilan uchrashuv oʻtkazmoqda.

​Davlatimiz rahbari iqtisodiyotning yuqori oʻsish surʼatlariga mos ravishda transport tizimini ham rivojlantirish, sohaga katta hajmda investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish, aniq natijalarga erishish zarurligini taʼkidladi.

​Soʻnggi oʻn yilda yoʻl sohasiga 80 trillion soʻm ajratilib, 7 ming kilometr yoʻl qayta qurildi, 125 ming kilometr yoʻl taʼmirlandi. Yoʻl infratuzilmasini rivojlantirishga xususiy investitsiyalarni keng jalb qilish, sohaga 20 milliard dollar mablagʻ olib kirish imkoniyati mavjud.

​Hozirda umumiy qiymati 5,6 milliard dollar boʻlgan, jami 593 kilometrlik pulli yoʻllarni qurish boʻyicha 5 ta loyihaga kirishilgan. Toshkent – Samarqand yoʻnalishida 2,2 milliard dollarlik yoʻl qurilishi boshlangan, Toshkent – Angren yoʻnalishidagi 1,6 milliard dollarlik loyiha boʻyicha tender jarayonlari yakuniga yetmoqda.

​Mutasaddilarga Toshkent – Chorvoq, Samarqand – Buxoro yoʻnalishlari va Taxtiqoracha dovonidagi yoʻllar boʻyicha jami 1,8 milliard dollarlik loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini yakunlab, investorlarga taqdim etish topshirildi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid