platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Poytaxtda chiqindi toʻlovi qimmatlashishi mumkin

Qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish tariflari aholi va yuridik shaxslar uchun 33,3 foizga qimmatlashishi kutilyapti.

Poytaxtda chiqindi toʻlovi qimmatlashishi mumkin

Xalq deputatlari Toshkent shahri kengashi komissiyasi 25 noyabr kuni 2027 yil uchun maishiy chiqindilar bilan bogʻliq xizmatlar tariflari loyihasini maʼqulladi.

Unga koʻra, qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish tariflari aholi va yuridik shaxslar uchun 33,3 foizga qimmatlashishi mumkin.

Amaldagi tarif – aholi xonadonlari uchun kishi boshiga oyiga 7500 soʻm (QQS bilan 8400 soʻm). Loyihada koʻrsatilgan yangilangan tarif 10 000 soʻm (QQS bilan 11 200 soʻm)ni tashkil etadi.

Loyihaga koʻra, byudjet tashkilotlari, yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun quyidagi tariflar (QQSsiz) taklif etilmoqda:

-qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqish — 1 kub metr uchun 119 ming 969 soʻm (amaldagi QQSsiz narx — 89 ming 977 soʻm);

-suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqish — 1 tonna uchun 251 ming 744 soʻm (188 ming 808 soʻm);

-qattiq maishiy chiqindilarni Bektemir, Yakkasaroy va Yunusobod tumanlaridagi chiqindini qayta yuklash stansiyalaridan «Ohangaron» poligoniga tashish — 1 tonna uchun 104 ming 676 soʻm (78 ming 507 soʻm);

-chiqindilarni qayta yuklash stansiyalarida qabul qilish — 1 tonna uchun 155 ming 281 soʻm (116 ming 461 soʻm);

-«Ohangaron» poligonida qattiq maishiy chiqindilarni qabul qilish va utilizatsiya qilish — 1 tonna uchun 79 ming 199 soʻm (59 ming 399 soʻm);

-«Ohangaron» poligonida qattiq maishiy chiqindilarni qabul qilish va koʻmish — 1 tonna uchun 1 mln 148 ming 146 soʻm (861 ming 112 soʻm).

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid