platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Olmaotadagi yongʻinda ikki oʻzbekistonlik halok boʻldi

Ularning oʻlimiga is gazidan zaharlanish sabab boʻlgan. Hozirda jasadlarni vatanga qaytarish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrilmoqda.

Olmaotadagi yongʻinda ikki oʻzbekistonlik halok boʻldi

Olmaotadagi turar joy majmualaridan birida sodir boʻlgan yongʻin oqibatida Oʻzbekistonning ikki nafar fuqarosi (ikkalasi ham 1994 yilda tugʻilgan) halok boʻldi.

Ularning oʻlimiga is gazidan zaharlanish sabab boʻlgan. Bu haqda Oʻzbekiston TIV matbuot kotibi Omonulla Fayziyev maʼlum qildi.

Vaziyat Oʻzbekistonning Olmaotadagi bosh konsulxonasi nazoratiga olingan. Mahalliy hokimiyat organlari bilan aloqa oʻrnatilgan. Jasadlarni vatanga qaytarish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrilmoqda.

Olmaotaning Bostandiq tumanidagi yongʻin 26 noyabrga oʻtar kechasi sodir boʻlgan. Olov ijaraga beriladigan sakkiz xonali koridor tipidagi xususiy uyda kelib chiqqan. Hodisa oqibatida besh kishi, jumladan, bir nafar bola qurbon boʻlgan. Olmaota politsiya departamenti tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Eslatib oʻtamiz, 22 noyabr kuni Qirgʻizistonning Jalolobod viloyati Manas shahrida qurilayotgan ikki qavatli restoran binosidagi yongʻinda ikki nafar oʻzbekistonlik halok boʻlgandi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid